O‘zbekiston | 15:02 / 27.03.2024
6414
1 daqiqa o‘qiladi

Mast holda 2 bolani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yilga qamaldi

Xiva tumanida mast holatda bo‘lgan haydovchi yo‘l chetidagi 3 nafar voyaga yetmagan bolani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan. Ulardan 2 nafari voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Xorazm viloyati Xiva tumanida 2 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yildan ko‘proqqa qamaldi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.

Voqea 2023 yilning 15 dekabr kuni tumanning Atajon To‘ra mahallasidan o‘tgan Xiva-Yangiariq yo‘lida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan Cobalt haydovchisi yo‘l chetidagi 3 nafar voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan, ularning 2 nafari (Hasan va Husan) voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi, 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) 3-qismi «a» bandi bilan ayblov e’lon qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tumani sudida haydovchi uzil-kesil 3 yilga transport vositalarini haydash huquqidan mahrum etilib, 9 yil-u 1 oy ozodlikdan mahrum qilindi.

Mavzuga oid