O‘zbekiston | 13:12 / 27.03.2024
8125
1 daqiqa o‘qiladi

«Termizshahargaz» gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i 5 mln so‘m bilan ushlandi 

Gaz tarmog‘iga ulanishga ruxsat berishi uchun tadbirkordan 700 AQSh dollari talab qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz shahar bo‘limi, prokuratura va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.H. “M.M.” oilaviy korxonasining umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz nuqtalarini tashkil etish va ularni tarmoqqa ulashga ruxsat hamda texnik shart xulosasini berishi  evaziga 700 AQSh dollari va loyiha hujjatlarini arzon narxlarda tayyorlab berishi uchun yana 2 mln so‘m talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid