Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovaluta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi
FTX kriptobirjasi asoschisi Sem Benkman-Frid yettita ayblov bo‘yicha aybdor deb topildi, unga 115 yillik qamoq jazosi tahdid qilayotgan edi.
Nyu-York federal sudi Sem Benkman-Fridni 25 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U FTX kriptovaluta birjasining asoschisi va bosh direktori edi.
Kompaniya 2022 yil 11 noyabrda bankrot deb e’lon qilindi. Shu bilan birga, Sem Benkman-Frid bosh direktor lavozimidan ketdi va kompaniyaning o‘zi tashqi boshqaruvga o‘tdi.
2022 yil dekabr oyida Sem Benkman-Frid AQSh talabiga binoan Bahama orollarida hibsga olindi. Shu bilan birga, u birjaga jami 1,8 milliard dollar sarmoya kiritgan FTX investorlarini aldash sxemasini tashkil qilishda ayblangan.
2023 yil noyabr oyida Benkman-Frid Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati tomonidan FTX birjasi mijozlari hisobidan milliardlab dollar o‘g‘irlashda, shuningdek, kriptovaluta mijozlaridan mablag‘larni bank hisobvarag‘ida saqlaydigan Alameda Research hej-fondi kreditorlarini aldaganlikda aybdor deb topildi. Bundan tashqari, hakamlar hay’ati Sem Benkman-Fridni FTX investorlarini aldash va pul yuvishda aybdor deb topdi.
Hammasi bo‘lib, u yettita ayblov bo‘yicha aybdor deb topildi, unga 115 yillik qamoq jazosi tahdid qilayotgan edi. Shu bilan birga, prokuratura FTX asoschisiga 40 yildan 50 yilgacha qamoq jazosini so‘radi.
Kriptovaluta birjasining qulashi va mijoz mablag‘larini o‘zlashtirishda o‘z aybini uzoq vaqtdan beri inkor etib kelayotgan Benkman-Frid bugun o‘z qilmishidan jabr ko‘rgan barchadan kechirim so‘radi. «Bunga qarab turish og‘riqli edi. Mijozlar bunday azobga loyiq emas... Mening hayotim, ehtimol, mohiyatan tugadi. Biroq, u ancha oldin tugagan edi», dedi u.
Mavzuga oid
11:36 / 16.11.2024
1 dona Bitcoin 1 kilo oltindan qimmat. Narxlar nega keskin oshdi?
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
11:36 / 04.08.2024