Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada mayning ferma tashkil etgan shaxs davlatga deyarli 800 mln so‘m zarar yetkazdi
Zangiota tumanida mayning ferma tashkil etgan shaxs aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi, DXX, IIB va ETK xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Tokzor” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o‘z uyida 6 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 789,8 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
23:02 / 18.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi
11:38 / 25.11.2024