Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eski mashinalarni yangilariga almashtirish uchun subsidiya beriladi
«Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori bilan 1-iyundan boshlab respublikaning barcha hududlarida transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini aniqlash va natijalari bo‘yicha ekologik stikerlar berish bepul, ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Bunda elektromobil va yangi mashina egalariga yashil stiker pochta orqali yuboriladi. Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya to‘lovlari joriy etiladi.
Qarorda aholiga «zararli» toifadagi transport vositalarini «toza» toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimi joriy etilishi ham belgilandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur tizimni joriy etish hamda atmosfera havosini muhofaza qilish va uning ifloslanishini oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvga asoslangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Hududlardagi ekologik zonalar chegaralarini belgilash hamda ularni o‘zgartirish tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan Ekologiya vazirligi taklifiga asosan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025