Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada ish beruvchilarning o‘zbekistonliklarga ishonchi kamayayotgani ma’lum qilindi
Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vitse prezidenti Kim Sung Jye bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari O‘zbekistondan E-9 vizasi asosida kirib borayotgan ishchilar kvotasini oshirish yuzasidan taklif bildirdi.
Koreya tomoni so‘nggi vaqtda E-9 vizasi asosida O‘zbekistondan kelayotgan fuqarolarning kirib kelganidan ko‘p vaqt o‘tmay mehnat shartnomasini bekor qilish va ish o‘zgartirish holatlari ortib borayotgani ish beruvchilarning fuqarolarga bo‘lgan talab va ishonchi kamayayotganini ta’kidladi.
Tomonlar bugungi kunda koreys ish beruvchilari hamda E-9 vizasi asosida ishlayotgan fuqarolarning mehnat jarayoniga doir o‘z yechimini kutayotgan masalalarni atroflicha muhokama qildi.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
11:36 / 12.04.2025