Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya mustaqil Falastinning tashkil etilishiga intiladi - Erdo‘g‘an
Anqara Isroilni BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga rioya qilishga majburlash uchun jadal harakat qilmoqda, dedi Turkiya prezidenti.
Turkiya 1967 yil chegaralari ichida va poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatining tashkil etilishiga intiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi mitingda aytib o‘tdi.
«Falastinliklar ozodlikka erishmaguncha, Isroil bosib olingan yerlarni qaytarib bermaguncha va poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil davlat yaratilmaguncha biz to‘xtamaymiz», dedi Turkiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasini bajarish uchun Isroilga xalqaro bosimni kuchaytirish bo‘yicha jadal harakat qilmoqda.
«Turkiya davlati xuddi Suriya, Somali va Qorabog‘da bo‘lgani kabi G‘azoda ham imtihondan muvaffaqiyatli o‘tadi», deb ta’kidladi davlat rahbari.
Mavzuga oid
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025