O‘zbekiston | 17:44 / 03.04.2024
13521
2 daqiqa o‘qiladi

“Barcha raqamlar mahallada haqiqatan yashaydigan odamlar nomiga rasmiylashtirilgan” – IMV

Iqtisodiyot va moliya vazirligining o‘rganish natijalariga ko‘ra, Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Chorgo‘sha” MFYga tegishli tashabbusga so‘nggi 4 ta raqami 8963 bo‘lgan jami 117 ta sim-kartadan ovoz berilgan. Ushbu sim-kartalar mahallada istiqomat qilayotgan, ammo o‘z nomiga mobil raqam olmagan fuqarolar uchun rasmiylashtirilgan.

Kun.uzʼda “Tashabbusli budjet”ning 2024 yildagi 1-mavsumi uchun tasdiqlangan loyihalardan ayrimlariga sun’iy ravishda ovoz to‘planayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida surishtiruv e’lon qilingandi. Unda Paxtachi tumanidagi 2 ta loyihaga oxirgi 3 ta raqami bir xil bo‘lgan sim-kartalardan ketma-ket, ko‘p marotaba ovoz berilgani keltirilgandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining o‘rganish natijalariga ko‘ra, Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Chorgo‘sha” MFYga tegishli tashabbusga so‘nggi 4 ta raqami 8963 bo‘lgan jami 117 ta telefon raqamidan ovoz berilgani aniqlangan. 

“Biz bu yil ko‘cha chiroqlarini tartibga keltirish bo‘yicha loyiha kiritib, ovoz to‘playapmiz. Imkon qadar ko‘proq ovoz yig‘ish va g‘olib bo‘lish uchun mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolarning nomiga pasport orqali sim-karta rasmiylashtirilgan. Maxsus diler o‘ziga qulaylik yaratish maqsadida bizga oxirgi raqami 8963 bo‘lgan mobil raqamlarni bergan. Bizda hech qanday soxtalashtirish bo‘lmagan”, deya ta’kidlagan “Chorgo‘sha” MFY raisi.

Qo‘shimcha qilinishicha, barcha raqamlar mahallada haqiqatan yashaydigan real odamlar uchun olingan va ular "Bir kishi — bir ovoz" prinsipiga amal qilib ovoz berishgan.

Ma’lumot uchun, “Tashabbusli budjet”ning 2024 yilgi 1-mavsumida g‘olib chiqqan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan jami 3,36 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Ovoz berish jarayoni 4 aprel soat 23:59 gacha davom etadi.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid