Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Toshkent shahri qurilishi Pedagogika universiteti binosiga poydevor qo‘yishdan boshlanadi - prezident
Shavkat Mirziyoyev pedagoglikka e’tibor susayib ketganini ta’kidlab, bu sharafli kasbning nufuzini tiklashga harakat qilinayotganini aytdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 5-umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Mazkur maktab ilgari 960 o‘rinli edi, lekin o‘quvchilar soni 2 mingdan oshardi. Shu bois o‘tgan yili rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha binolar qurildi. Natijada 1 ming 700 ta qo‘shimcha o‘rin paydo bo‘ldi.
Maktabda 65 ta o‘quv, 12 ta chet tili va 5 ta kompyuter xonasida zamonaviy sharoitlar yaratildi. O‘quvchilarni aniq fanlar, muhandislik va texnologiyalarga qiziqtiruvchi STEM-laboratoriya va sport zali zarur anjomlar bilan ta’minlandi, kovorking va rekreatsiya hududi tashkil etildi. Maktab kutubxonasida 5 ming 800 dan ortiq ilmiy va badiiy adabiyotlar bor. Bugun maktabda 2 ming 600 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. O‘tgan yili 165 nafar bitiruvchidan 163 nafari oliy ta’limga o‘qishga kirgan.

Maktabda yuqori sinf o‘quvchilari tikuvchilik, pazandachilik, yog‘och va metallga ishlov berish ko‘nikmalarini o‘rganyapti. Prezident ushbu to‘garaklardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Toshkent shahri direktorlar kengashi a’zolari bilan suhbatda o‘qituvchilar mehnati va hurmati haqida so‘z bordi.

- Shunday vaqtlar bo‘ldiki, pedagoglikka e’tibor susayib ketdi. Hozir bu sharafli kasbning nufuzini tiklash, ularni moddiy rag‘batlantirishga harakat qilayapmiz. Yangi Toshkent shahri qurilishini ham Pedagogika universiteti binosiga poydevor qo‘yishdan boshlamoqchimiz. Chunki yangi O‘zbekistonning birinchi zamini - o‘qituvchilar. Shuning uchun ular doim o‘z ustida ishlashi, bilim va uslublarini rivojlantirib borishi kerak, - dedi davlat rahbari.
Maktabning yangi imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, ta’lim sifatini Prezident maktablariga yaqinlashtirgan tarzda oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
17:38 / 15.05.2025
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
10:24 / 15.05.2025
Yangi Toshkent hududining 30 foizi bog‘ va xiyobonlar uchun ajratiladi
17:58 / 14.05.2025