O‘zbekiston | 08:51 / 05.04.2024
5437
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Surxondaryoda fotoelektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning quyosh elektr stansiyalari qurish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Akgun enerji” kompaniyasi bosh direktori Kemal Gunay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiyaning hamkorlik aloqalari oliy darajada yo‘lga qo‘yilayotgani, har ikki mamlakat ishbilarmonlari tomonidan o‘zaro investitsiyalarni jalb qilish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani qayd etildi.

Turkiyalik investorlar Surxondaryo viloyati ob-havosi yilning asosiy qismida quyoshli bo‘lishi, keyingi yillarda tobora ehtiyoj ortib borayotgan energiya, jumladan, qayta tiklanuvchi elektr energiyasi manbalarini joriy etish uchun zarur imkoniyat va sharoitlarga ega ekanini ta’kidlab, vohada 100 MVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasini taklif qildi.

Muzokaralar yakunida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida loyihaning texnik-iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, takomillashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishib olindi.

Mavzuga oid