O‘zbekiston | 11:35 / 08.04.2024
17026
3 daqiqa o‘qiladi

Hayit bayrami kunlarida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

9 aprel kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi. 10–11 aprel kunlari esa yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat janubda +30 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda dushanba kuni kunduzi respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat +22…+27, janubda 30 darajagacha iliq bo‘ladi deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

9 aprel kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va havo harorati +15…+20 darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +15…+20 darajagacha pasayadi.

10–11 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana +22…+27 darajagacha, janubda +30 darajagacha ko‘tariladi.

12–14 aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari +18…+23 daraja bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.

Tog‘li hududlarda 9 aprel va 12–14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.

Toshkent shahrida esa dushanba kunduzi havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +24…+26 daraja bo‘ladi. 9 aprelda ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +16…+18 daraja bo‘ladi.

10–11 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +22…+24 daraja bo‘ladi. 12 aprelda kunning ikkinchi yarmida va 13–14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +18…+23 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +7…+12 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid