Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Startaplarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan Britaniya kompaniyasi Samarqandda vakolatxona ochadi
O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Britaniyaning Sturgeon Capital kompaniyasi bosh direktori Kiyan Zandiya bilan muzokaralar o‘tkazildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan startap loyihalarga Britaniyadan venchur investitsiyalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Kiyan Zandiyaning aytishicha, kompaniya O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish, o‘zbek yoshlarining istiqbolli innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning aprel oyida Samarqand viloyatida o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.
Britaniyalik hamkorlar, shuningdek, shu yilning 2-3 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashishga tayyorligini tasdiqladi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025