Toshkentda yo‘l talashib janjallashgan haydovchining mashinasidan psixotrop dorilar topildi
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida yo‘l talashib janjallashgan haydovchining avtomashinasida psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.
Joriy yilning 23 mart kuni Toshkent shahar Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi yangi qurilayotgan ko‘prik hududida jamoat tartibini saqlashga mas’ul Milliy gvardiya xodimlari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda, soat 16:00 lar atrofida ko‘prik tagidagi kichik halqa yo‘lida Spark va Lacetti rusumli avtomashinalari haydovchilari o‘rtasida yo‘l talashish oqibatida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjallashayotganini ko‘rib qolgan.
Milliy gvardiya xodimlari PPXga xabar qilgan holda voqea joyiga yetib borib fuqarolarni tinchlantirish choralarini ko‘rgan. Shu paytda PPX xodimlarini uzoqdan kelayotganini ko‘rgan Spark rusumli avtomashina haydovchisi mashinasining old qismidan o‘ziga tegishli bo‘lgan buyumlarni olib orqa yuk xonasiga joylashtirgan holda voqea joyidan ketishga va yashirinishga uringan.
Chaqiruvga asosan yetib kelgan PPX va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina orqa o‘rindig‘idan qora paketga o‘ralgan 10 dona “Zardex” hamda 10 ta qutida “Regapen”, jami 154 dona oq va qizil rangli psixotrop moddalari mavjudligi aniqlangan.
Yakkasaroy tumani IIO xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida Spark rusumli avtomashina haydovchisi fuqaro X.O. ekani aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
07:30 / 05.11.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:30 / 01.11.2024
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘zaro janjallashdi
12:14 / 11.10.2024
“Yana nechta bola yo‘llarda o‘lishi kerak?” – ko‘paygan avariyalar haqida katta suhbat
13:45 / 09.10.2024