O‘zbekiston | 09:20 / 09.04.2024
9385
1 daqiqa o‘qiladi

1,5 gektar zaxiradagi yerni 200 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro J.N. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, unga Bandixon tumani “Quduqsoy” MFY hududidagi 1,5 gektar zaxiradagi lalmi yer maydonini 200 mln so‘mga sotishini aytib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida kadastr hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 150 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid