Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada banknotlardagi monarx tasviri o‘zgartirildi
Qirol Charlz III sovg‘a sifatida o‘z portreti tushirilgan banknotlarni oldi.
Britaniya qiroli Charlz III ilk bor o‘z portretini iyun oyida muomalaga kiritiladigan yangi funt pullarda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Angliya banki boshqaruvchisi Endryu Beyli va bosh kassir Sara Jon Bakinghem saroyida qirolga uning surati tushirilgan birinchi banknotlarni sovg‘a qildi.

Bundan buyon yangi monarx tasviri muomaladagi barcha nominallar — 5, 10, 20 va 50 funtlik banknotlarda paydo bo‘ladi.
Qirol, an’anaga ko‘ra, yangi banknotlarning birinchi nusxalarini olishi kerak. Bu monarxga 00001 tartib raqamlari bo‘lgan banknotalar berilganini anglatadi.
Charlz III tasvirlangan banknotlar qirolicha Yelizaveta II tasvirlangan avvalgi banknotlar bilan bir qatorda ishlatiladi.

Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025