O‘zbekiston | 18:58 / 09.04.2024
8363
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Navoiy kon-metallurgiya kombinati: Transport sohasi yangi taraqqiyot bosqichida

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi natijasida jahon oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalari orasida yuqori o‘rinlarni zabt etmoqda. Korxona ma’dan qazib olishdan  tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yagona tizimni mujassam etgan sanoat klasteridir. Bu, yerosti boyliklarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini yaratmoqda.

Foto: “NKMK” AJ Matbuot xizmati

Bu yutuqlarda 10 ming nafarga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan,  4 mingdan ziyod zamonaviy kon texnikalariga ega transport sohasi alohida o‘rin egallaydi. Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va tannarxini kamaytirish maqsadida, zamonaviy kon texnikalari xarid qilinib, ish unumdorligi oshirilmoqda. 

Joriy yilda korxonaga yuk ko‘tarish quvvati 254 tonna bo‘lgan 10 ta “Komatsu 860E-1K” rusumli og‘ir yuk tashuvchi avtoag‘dargichlar olib kelinishi rejalashtirilgan edi. Hozirga qadar 4 tasi olib kelinib, ulardan birinchisi mutaxassislarimiz tomonidan Markaziy kon boshqarmasining Avtomobil transporti boshqarmasida yig‘ildi, - deydi “NKMK” AJ Avtomobil transporti bo‘limi boshlig‘i Mashrab Isroilov. -  “Muruntov” konida ish boshlayotgan mazkur avtoag‘dargich Markaziy Osiyoda foydalanishga topshirilgan shu rusumdagi ilk konchilik texnikasidir. Bu, nafaqat kombinatimiz, balki O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoatida ham yangi sahifa ochilayotganidan dalolat beradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur kon texnikalari yuk sig‘imi, vaqtni tejash, ish unumdorligi, mablag‘larni iqtisod qilish, haydovchiga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha afzallik va qulayliklarga ega.

Ko‘p yillik faoliyatim davomida turli rusumdagi kon texnikalarini boshqarganman. Lekin ular orasida “Komatsu 860E-1K” rusumli avtoag‘dargich umuman boshqacha ekan. Bu texnika vositasi zamonaviy,  lyuks kabinali, boshqaruv to‘liq raqamlashtirilgan, barcha qulayliklar yaratilgan. Faqat asrab-avaylab, mahorat bilan boshqarib, ishlash kerak, - deydi avtoag‘dargich haydovchisi Zohidjon Elmurodov. Uning ish unumdorligi konda mavjud avtoag‘dargichlarga nisbatan 15 foizga ortiq bo‘lib, yoqilg‘ini 5 foizgacha tejash, sarf-xarajatlarni qisqartirish imkoniga ega. Agar avtoag‘dargichda nosozliklar paydo bo‘lsa, ular avtomatik ravishda aniqlanadi va maxsus ekranda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, avtoag‘dargichning atrof-muhitga zararli ta’siri nisbatan kam.

Bugun kombinat barcha sohalarda ilgarilab bormoqda. Ishlab chiqarish sur’atini yanada oshirishda yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega zamonaviy kon texnikalari alohida ahamiyatga ega. Shu bois, bu borada jahonning eng zamonaviy konchilik texnika vositalarini ishlab chiqaradigan yetakchi kompaniyalari bilan  hamkorlikni yanada kengaytirish mo‘ljallanmoqda.

Mavzuga oid