O‘zbekiston | 11:40 / 10.04.2024
1965
1 daqiqa o‘qiladi

Piskentda qum-shag‘al noqonuniy qazib olinishi oqibatida qariyb 2 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olingani aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyati Piskent tumanida Vazirlar Mahkamasining “Yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi o‘rganildi.

Xususan, Piskent tuman hokimining 27.11.2017 yildagi 2121-sonli qarori bilan MChJga sun’iy baliq hovuzi tashkil qilish uchun ajratilgan 19,34 ga yer maydonidan noqonuniy ravishda ishlov berilmagan 56 750 m3 miqdorida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinib, davlat yoki jamiyat manfaatlariga 1 mlrd 808 mln so‘m qiymatda - juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid