O‘zbekiston | 09:50 / 11.04.2024
1668
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Koreya qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Toshkent davlat agrar universiteti va Chungnam milliy universiteti hamda Sunchon milliy universiteti vakillari o‘rtasida alohida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Foto: «Dunyo» AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvlar davomida koreys tomoniga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, jumladan Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim va talabalarini xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tash va malaka oshirishi yuzasidan ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar mazkur oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida, jumladan oziq-ovqat, meva-sabzavot, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va zamonaviy issiqxonalarni qurish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv dasturlarni tashkil etish va hamkorlikda konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar, maqolalar to‘plamini chop etish bo‘yicha fikr-almashdi.

Uchrashuv yakunida Toshkent davlat agrar universiteti va Sunchon milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish va imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid