Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi
Uning vazifasi eksportbop mahsulotlar yetishtirish va xarid qilishdan tortib, eksport shartnomalarini tuzish va ushbu mahsulotlarni xorijiy iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etishdan iborat.
Prezidentning “O‘zbekiston prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan muloqoti doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2024 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlariga yuqori rentabelli va eksportga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun umumiy miqdori 1.5 trillion so‘mgacha kredit resurslari ajratiladi.
2024 yil 1 apreldan boshlab:
a) meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha bitta eksport shartnomasi bo‘yicha olinmagan valuta summasi eksport uchun jo‘natilgan barcha mahsulot tannarxining 10 foizidan oshmasa, u muddati o‘tgan debitorlik qarzi hisoblanmaydi va tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jarimalar qo‘llanilmaydi;
b) 2026 yil 1 yanvarga qadar mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish va ularni faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat etiladi.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. Uning vazifasi eksportbop mahsulotlar yetishtirish va xarid qilishdan tortib, eksport shartnomalarini tuzish va ushbu mahsulotlarni xorijiy iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etishdan iborat.
Mavzuga oid
09:40 / 22.11.2024
Oktyabrda O‘zbekiston 833 mln dollarlik oltin sotdi
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
11:37 / 20.11.2024