2023 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 81 foizni tashkil qilgan
O‘tgan yilda O‘zbekiston avtomobil bozorining 81,1 foizi UzAuto Motors, 5,5 foizi ADM Jizzakh, 2 foizi BYD hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2023 yilda O‘zbekiston yengil avtomobillar bozori hajmi 456 ming 347 donani tashkil etgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida ADM Jizzakh avtomobil zavodida ko‘rsatilgan taqdimotda keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda UzAuto Motors hissasiga 4 mlrd 852 mln dollarlik 369 ming 999 dona avtomobil, ADM Jizzakhʼga 823 mln dollarlik 25 ming dona avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, 2023 yilda 291 mln dollarlik 8 ming 948 dona BYD avtomobili, 1 mlrd 197 mln dollarlik 50 ming 435 dona boshqa rusumdagi avtomobillar import qilingan.
Bundan tashqari, mamlakatda turli xil rusumdagi 1965 dona avtomobil ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
07:31 / 12.11.2024