Jahon | 18:51 / 12.04.2024
3930
2 daqiqa o‘qiladi

MDH TIV rahbarlari jurnalistlarning xavfsiz faoliyatini ta’minlash bo‘yicha bayonot qabul qildi 

Bundan tashqari, harbiy xavfsizlikni ta’minlash, sud-huquq tizimi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha MDH asosiy tashkilotlari to‘g‘risida bayonot qabul qilindi. 

Foto: TASS

Minskda bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Tashqi ishlar vazirlari (TIV) kengashi yig‘ilishi ishtirokchilari jurnalistlarning kasbiy faoliyati uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlash va ularning huquqlari buzilishining oldini olish bo‘yicha qo‘shma bayonotni qabul qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Shuningdek, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston diplomatik idoralari rahbarlari va vakillari Ozarboyjonning Ganja shahrini 2025 yilda, Qozog‘istonning Olmaota shahrini esa 2026 yilda MDH sport poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risida bayonot qabul qildi. 

Bundan tashqari, harbiy xavfsizlikni ta’minlash, sud-huquq tizimi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha MDH asosiy tashkilotlari to‘g‘risida bayonot qabul qilindi. 

Tashqi siyosat idoralari vakillari MDH doirasida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi ko‘p darajali maslahatlashuvlar rejasi va tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini faollashtirish bo‘yicha harakatlar dasturi amalga oshirilishini ma’lum qildi. 

Shu bilan birga, MDHga BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan ham bayonot qabul qilindi. 

Tashqi ishlar vazirliklari vakillari Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlarining ko‘rib chiqishi uchun «1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligi» yagona yubiley medalini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarorni va MDHga a’zo davlatlarga yuborilgan delegatsiyalarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasini ma’qulladilar. 

Mavzuga oid