Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi noyob metallarni o‘rganish uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari jalb etiladi
Navoiy viloyatida xorijiy hamkorlar bilan bir qancha sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, viloyatning barcha tuman va shahar hokimlari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda viloyatning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlaridan unumli foydalanish hamda xorijiy hamkorlar bilan tog‘-kon, turizm, sanoat, qurilish materiallari va boshqa bir qancha sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Jami 26 ta davlatdagi elchilar so‘zga chiqib, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda loyihalar amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar kiritdi. Hudud vakillari tomonidan xorijiy investorlarni jalb etish mumkin bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va sohalar taqdimoti o‘tkazildi.
Navoiydagi noyob metallarni o‘rganish va tog‘-kon sanoatini takomillashtirish uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb etish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.
Hududning investitsion jozibadorligi, jumladan "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida mavjud imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘risida xorijiy investorlarga yetarli ma’lumot berish zarurligi qayd etildi va ushbu sohada yaqin hamkorlikni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
00:23 / 21.04.2025