YouTube voyaga yetmaganlar uchun sharh qoldirish imkoniyatini cheklaydi
Cheklov funksiyasi yaqin haftalarda platformada paydo bo‘ladi.

Foto: Getty Images
YouTube videolar ostida izohlar qoldirish bo‘yicha yangi cheklovni joriy qiladi. Bu safar platforma videolar va strimlar ostida voyaga yetmagan shaxslarning izoh qoldirish imkoniyatini cheklamoqchi. Biroq yosh bolalar izoh qoldira olmasa-da, mavjud qoldirigan izoh-sharhlarni cheklovlarsiz o‘qishi mumkin.
Bu cheklov funksiyasi YouTube'ning “Ota-ona nazorati” bo‘limida paydo bo‘ladi. Ya’ni izoh qoldirish imkoniyatini cheklash ota-ona ixtiyorida qoladi. Shunda ham bundan voyaga yetmagan shaxsning akkaunti oilaviy akkauntga bog‘langan holatdagina foydalanish mumkin.
Agar voyaga yetmagan shaxslar yoshini katta qilib ko‘rsatgan bo‘lsa, tabiiyki bu cheklov ularga ta’sir qilmaydi.
Ushbu funksiya yaqin haftalarda YouTube'da paydo bo‘ladi. U amalga kiritilgandan so‘ng barcha voyaga yetmagan shaxslar profilida avtomatik ravishda ishlay boshlaydi.
Mavzuga oid

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

15:38 / 24.12.2024
Ekspert: Rossiyada YouTube amalda bloklandi

20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi

15:00 / 21.12.2024