Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo bo‘ylab turistik poyezd harakatini boshladi
Xorijiy sayyohlar bilan harakatlanayotgan maxsus charter poyezd Qozog‘iston, Qirg‘izistondan o‘tib, 11 kun davomida O‘zbekistonning bir nechta tarixiy shaharlari bo‘ylab harakatlanadi.
Markaziy Osiyoning uch mamlakati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bo‘ylab turistik charter poyezd harakatlanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2013 yilda “O‘zbekiston temiryo‘llari” hamda Germaniyaning “Lernidee Erlebnisrisen” turistik kompaniyasi hamkorligidagi “Orient Silk Road Express” turistik charter poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yil 29 mart kuni Germaniyaning “Lernidee Erlebnisrisen” kompaniyasi “Qozoq turizm” milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda Qozog‘istonning Olmaota shahridan navbatdagi turistik charter poyezd o‘z harakatini boshlagan.
Hozirgi kunda “Orient Silk Road Express” belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda. Poyezd “Olmaota — Baliqchi — Bishkek — Turkiston — Samarqand — Qamashi — Shahrisabz — Buxoro — Xiva — Toshkent — Xiva — Buxoro — Shahrisabz — Qamashi — Samarqand — Turkiston — Bishkek — Baliqchi — Olmaota” yo‘nalishida harakatlanadi va turli davlatlardan kelgan xorijiy sayyohlariga xizmat ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, ushbu turistik charter poyezdi 11 kun davomida O‘zbekiston hududida harakatlanadi va sayyohlar bu kunlar davomida yurtimizning tarixiy shaharlarini tomosha qiladi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025