2024 yil birinchi choragida 262 ming litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi
Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olingani ta’kidlanmoqda.
2024 yil birinchi choragida 262 ming litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Yanvar-mart oylarida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 25 ta holatda 262 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi to‘xtatilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olingani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
18:59 / 23.08.2024
«O‘zenergoinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
10:46 / 09.07.2024
Andijon, Farg‘ona va Surxondaryoda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
14:51 / 08.07.2024
6 oyda 550 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlandi - Energoinspeksiya
08:07 / 03.05.2024