O‘zbekiston | 15:31 / 15.04.2024
2818
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududlarida qancha oilaviy korxona faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni nechta ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekistonda 2024 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, 43 327 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning hududlar kesimidagi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 7 729 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha:

  • Xorazm viloyati – 4 729 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 4 700 ta;
  • Toshkent viloyati – 3 705 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 3 583 ta;
  • Navoiy viloyati – 3 282 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 3 277 ta;
  • Toshkent shahri – 2 996 ta;
  • Buxoro viloyati – 2 973 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2 134 ta;
  • Jizzax viloyati – 1 455 ta;
  • Andijon viloyati – 1 449 ta;
  • Namangan viloyati – 1 011 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 304 ta.

Mavzuga oid