O‘zbekistonda milliy kontent yaratishdagi muammolar muhokama qilindi
Prezident Administratsiyasi axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov O‘zbekistonda milliy kontent yaratish bo‘yicha nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda milliy kontent yaratish bo‘yicha muammolar, shuningdek, ularga yechim topish yo‘llari batafsil muhokama qilingan.
2024 yil yanvarida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda milliy kontent yaratish dolzab masala ekanligini ta’kidlagandi.
“Biz O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni o‘z qo‘limizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan baho bermas ekanmiz, bu ishlar xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib beramiz. Chunki odamlardagi yangilik, tahliliy ma’lumotlar, real voqealarga ehtiyojni biz to‘ldirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — degandi davlat rahbari.
Mavzuga oid
23:45 / 08.11.2024
“Agar jurnalist haq bo‘lsa, biz uni tan olishimiz kerak” – prezident
16:18 / 28.10.2024
Komil Allamjonov avtomobiliga o‘q uzishda gumonlanib yana uch kishi ushlandi
23:51 / 27.10.2024
Bosh prokuratura OAV vakillarini tasdiqlanmagan axborot tarqatishdan ogohlantirdi
09:04 / 27.10.2024