O‘zbekiston | 10:07 / 15.04.2024
12920
2 daqiqa o‘qiladi

Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Anvar Oripov Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi. 

Anvar Oripov Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

13 aprel kuni xalq deputatlari Qiziriq tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Anvar Oripov tumanga hokim etib tayinlandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, Anvar Oripov 1985 yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007−2010 yillarda Britaniyaning London shahri Pimliko akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi bo‘lgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, «O‘zagroeksport» AJ, Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan. 

Anvar Oripov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Qiziriq tumanining sobiq hokimi Sherzod Rajabov esa uning o‘rniga Surxondaryo viloyati hokimining moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

 

Mavzuga oid