O‘zbekiston | 12:06 / 16.04.2024
6604
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga yetdi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda.

Foto: Kun.uz

2024 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 36 963 262 kishini tashkil etgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lum qildi

16 aprelga kelib bu miqdor 36 990 128 nafarni tashkil etgan. Shundan 18,5 milliondan ortiq qismini erkaklar, 18,3 milliondan ortiq qismini ayollar tashkil etadi.

Respublika doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.

Mamlakat aholisi 2024 yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2024 yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.

2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

O‘zbekiston aholisi soni 2022 yil dekabrida 36 millionlik marradan o‘tgandi.

Mavzuga oid