“Tirbandlikda qo‘lim tegib ketgandi” – Toshkent metrosida shilqimlik holatlari ko‘paymoqda
So‘nggi bir hafta mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi tomonidan shahvoniy shilqimlik qilish bilan bog‘liq ikkita ish ko‘rildi. Ularning ikkalasi ham metroda sodir etilgan. Aybdorlarga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
2024 yil 9 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida shahvoniy shilqimlikda ayblangan yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Kun.uz sud qarorini o‘rgandi.
Qarorda keltirilishicha, 27 mart kuni 1999 yilda tug‘ilgan X.A. metroning “Paxtakor” bekatidan “Novza” bekati tomonga borayotganida vagon ichidagi tirbandlikdan foydalanib, o‘ziga notanish bo‘lgan M.T.ning belidan past qismini ushlab, tegajoqlik qilgan.
Sud majlisida so‘roq qilingan huquqbuzar metro vagoni ichida tirbandlik bo‘lganligi sababli odamlar bir-biriga tegib turganligini, shu vaqtda o‘zi bilmagan holda M.T. ismli qizning belidan pastki qismiga tegib ketganligini bildirgan. U qilgan ishidan pushaymondaligini aytib, o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Sud tomonidan X.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasida nazarda tutilgan (shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
2024 yil 8 aprel kuni ham jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida metroda sodir etilgan shahvoniy shilqimlik bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqilgan edi. Unda metroning «Chilonzor» yo‘nalishidagi elektropoyezd vagoni ichida 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro A.N. o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning bel va tanasining boshqa qismlarini qo‘li bilan ushlab, shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamalgandi.
Avvalroq Kun.uz Toshkent metrosida ayollarga alohida vagon mavzusini ko‘targan hamda ayrim faollar ayollar hurmat qilinadigan jamiyatda nafaqat metro, balki boshqa jamoat transportlarida ham bu tashabbus amalga oshirilishi kerakligini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:22 / 11.11.2024
«O‘zbekiston» metro bekatida harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
09:44 / 04.11.2024
Metroning “Choshtepa” bekatida poyezd buzilib qoldi
13:50 / 02.11.2024