Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga igna va “samorez” sanchib jazolagani aniqlandi
Sergeli tumanining 277-maktab pedagogi 1-sinf o‘quvchilarining qo‘liga igna va “samorez” sanchib, ularni jazolagani aniqlandi. O‘qituvchi shunday usulda bolalarni “tarbiyalashga” uringanini bildirgan. Holat ortidan pedagog ishdan ketgan, Bolalar ombudsmani vaziyatni nazoratga olgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Holat Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-“e” sinf o‘quvchilari bilan sodir bo‘lgan. Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, 16 aprel kuni bolalarning 15 nafar ota-onasi maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“e” sinf rahbari ustidan shikoyat qilgan.
Unga ko‘ra, o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘lining kaft qismi ustiga “samorez” va ignalar bilan sanchib, turli jarohatlar yetkazgan, “go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini” bildirishgan.
“1-“e” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo‘shatildi”, deyiladi rasmiy izohda.
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Vaziyatni Bolalar ombudsmani nazoratga olgan. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:17 / 07.05.2025