O‘zbekiston | 13:30 / 17.04.2024
4800
2 daqiqa o‘qiladi

Bekobodda gaz zapravka sobiq hisobchisi qariyb 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi 

Tadbirkorlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, S.I. MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi sobiq hisobchisi M.X. va boshqalar avtomobillarga gaz sotuvidan tushgan jami 977,7 mln so‘mni MChJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, F.-F. MChJning omborxona mas’ul shaxslari o‘zlariga ishonib topshirilgan 5 518 xil turdagi dori vositalarini sotib yuborib, jami 515,1 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid