O‘zbekiston | 07:43 / 18.04.2024
1908
2 daqiqa o‘qiladi

«Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi J.S. (ayol) IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 7 380 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Foto: Kun.uz

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashovchi 29 yoshli J.F. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, J.F. jabrlanuvchi J.S. (ayol)ga “Telegram” messenjeri orqali o‘zini "Fazliddin" deb tanishtirib, unga haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini aytib, oldindan 7 380 000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, yozishmalarni o‘chirib yuborgan hamda uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgizib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid