O‘zbekiston | 09:39 / 18.04.2024
2405
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston 16 aprel kuni tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, maslahatlashuvlarda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining konsullik xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda konsullik sohasida, shuningdek, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, mazkur yo‘nalishlardagi aloqalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
15:04
Qozog‘istonda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
17:12 / 09.11.2024
Qozog‘istonda qattiq qo‘nishni amalga oshirgan harbiy vertolyot yonib ketdi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
20:38 / 06.11.2024