Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi
1990 yillardan beri Armaniston nazoratida bo‘lgan to‘rtta qishloq Ozarboyjon tasarrufiga qaytariladi.

Foto: Reuters
Armaniston va Ozarboyjon ilk bor chegarani delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vazirligi va Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev ma’lum qildi.
Bayonotlarda ta’kidlanganidek, tomonlar to‘rtta aholi punkti (Baganis Ayrim, Ashagi Askipara, Xeyrimli, Qizil Gajili) o‘rtasida «chegara chizig‘ining alohida uchastkalarini o‘tkazish to‘g‘risida» kelishib olgan. Chegara chizig‘i «Sovet Ittifoqi parchalanishi paytida mavjud bo‘lgan chiziqqa moslashtiriladi».
TASS ta’kidlaganidek, delimitatsiya aslida Ozarboyjon SSR tarkibiga kirgan va 1990 yillardan beri Armaniston nazoratida bo‘lgan to‘rtta qishloqning Ozarboyjon tasarrufiga o‘tkazilishini anglatadi.
Tomonlar yaqin vaqt ichida kelishilgan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqib ketish va u yerda chegara xizmatlarini joylashtirishga kelishib oldi.
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi chegara ming kilometrga yaqin. Bu davlatlar 1991 yilda Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro tufayli chegaralarni hech qachon delimitatsiya va demarkatsiya qilmagan.
Mavzuga oid

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

15:12 / 03.04.2025
Ozarboyjonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

17:07 / 02.04.2025