Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Isfahon yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi, havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlayapti
Eron OAV Isfahon shahri yaqinida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. Tehron va boshqa shaharlar ustidan parvozlar to‘xtatilgan.
Eronning Isfahon shahridagi aeroport yaqinida portlash yuz berdi, deb xabar qilmoqda Eron OAV.
«Manbalarning aytishicha, Isfahon viloyatida kuchli portlashlar ovozi eshitilyapti», — dedi davlat televideniyesi va sabab hali aniq emasligini qo‘shimcha qildi.
FARS agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlash xalqaro aeroport va havo kuchlari bazasi joylashgan Kahyavereston shahrida sodir bo‘lgan.
Press TV telekanaliga ko‘ra, portlash shahar markazi yaqinida qayd etilgan.
Tehron va boshqa shaharlar ustidan parvozlar to‘xtatilgani xabar qilinmoqda.
Mehr agentligining aniqlik kiritishicha, Tehron, Isfahon va Sherozga, shuningdek, mamlakat g‘arbi, shimoli-g‘arbi va janubi-g‘arbidagi aeroportlarga parvozlar to‘xtatilgan.
Bir necha tumanlarda havo mudofaa tizimlari ishlayapti.
Eron poytaxtidagi Imom Homayniy nomidagi xalqaro aeroport ertalabgacha yopiq bo‘lishi aytiladi.
CNN avvalroq Eron havo hududida bo‘lgan sakkizta samolyot o‘z yo‘nalishidan chetga chiqqani haqida xabar bergan edi.
Flightradar24 xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida Emirates va Flydubai avialaynerlari ham bo‘lgan.
«Eronning havo hujumidan mudofaa kuchlari mamlakatning bir qancha viloyatlari osmonida faollashdi», — deyiladi IRNAaxborot agentligi xabarida.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025