Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston davlat xizmatchilarining Britaniyada amaliyot o‘tash mexanizmi kengaytiriladi
O‘zbekiston elchisi va Britaniya eksport vaziri savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya Biznes va savdo bo‘yicha davlat kotibining parlament o‘rinbosari, eksport vaziri lord Malkolm Offord bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Tomonlar savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik hamda ta’lim sohasidagi aloqalarning hozirgi holati va ularni yanada jadallashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Xorijiy tomon O‘zbekiston davlat xizmatchilarining Britaniyaning tashkilotlari va yirik kompaniyalarida amaliyot o‘tash va malaka oshirish mexanizmini kengaytirish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv yakunida Britaniyaning "Rivojlanayotgan davlatlar uchun savdo tizimi" doirasida berilayotgan preferensiyalar bo‘yicha respublika eksportchi korxonalari uchun maxsus treninglar tashkil etish, Britaniya eksportni moliyalashtirish agentligi mablag‘larini jalb qilgan holda mamlakatimizda yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, 19-22 may kunlari Londonda bo‘lib o‘tadigan "Jahon ta’lim forumi – 2024"da O‘zbekiston vakillari ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025