O‘zbekiston avtomobil bozorida qatorasiga uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi
Bozor mart oyi davomida 5,8 foizga qisqardi. Oy davomida faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi.
O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatilmoqda. Mart oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi deyarli 109 ming donani tashkil etdi va avtomobil bozori oy davomida 5,8 foizga qisqardi.
Mart oyida 96,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu fevralga nisbatan 12,1 foizga kam. Hududlar bo‘yicha Surxondaryo, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida yengil avtomobillar bozorida savdo hajmining eng katta pasayishi qayd etildi.
2024 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar savdosi 3,2 foizga qisqarib, 334,3 mingta avtomobilni tashkil etdi.
Birlamchi yengil avtomobillar bozorida pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Oy davomida sotuvlar 16,7 foizga kamaygan holda 24 mingdan ortiq avtomobilni tashkil etdi. Shu bilan birga, avtomobil bozorining bu segmenti 2023 yilga nisbatan biroz o‘sdi (0,2 foizga).
Bundan tashqari, oy davomida mamlakatda ishlab chiqarilgan 19,54 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu 2023 yilning mart oyiga nisbatan 17,2 foizga kam.
Oy davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori savdosi 13,7 foizga pasaydi. Mart oyida jami 2,3 mingta xorijiy avtomobillar sotilgan. 2023 yilning mart oyiga nisbatan sotuvlar 20 foizga kamaydi.
Martda yengil avtomobillar ikkilamchi bozorida sotuvlar 10,6 foizga kamaydi. Oy davomida jami 74,6 mingta haydalgan yengil avtomobil sotilgan. Yillik ko‘rsatkichlarda 16 foizlik sezilarli pasayish kuzatildi.
Mutaxassislar mart oyida elektromobillar bozori mo‘’tadillasha boshlaganini qayd etgan. Oy davomida yengil elektromobillar savdosi atigi 0,1 foizga oshgan. Yillik hisobda sotuvlar 2,4 barobar ko‘paygan. 2024 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, savdo hajmi ham 3,7 barobarga ko‘payib, 8 mingta avtomobildan oshdi.
Mavzuga oid
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
12:10 / 13.11.2024