Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Latviya xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi
O‘zbekiston va Latviya savdo, transport va logistika sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi hamda Latviya Transport vazirligi va Bojxona departamenti vakillari o‘rtasida video-konferens-aloqa formatida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Uchrashuvda savdo aloqalarini kengaytirish, transport va logistika sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohalarda salmoqli salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha O‘zbekiston-Latviya qo‘shma komissiyasining joriy yilda navbatdagi yig‘ilishini tashkil etish va uning kun tartibini har tomonlama puxta ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
20:40 / 12.05.2025