Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasi ulamolari bu haqda qaror qabul qilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilingan. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 20 aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov ushbu Kengash a’zoligiga qabul qilingan.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari muftiyni ushbu martaba bilan qutlab, O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholagan.

Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025