Eronliklar 9 yil ichida birinchi marta Umra ziyoratiga yo‘l olishdi
O‘tgan yili Eron va Saudiya Arabistoni o‘zaro aloqalarni tiklashga va to‘qqiz yildan ko‘proq vaqt o‘tib, o‘z elchixonalarini qayta ochishga kelishib olgan edi. Munosabatlar yaxshilanishi fonida eronliklarga Umra ziyoratiga yana ruxsat berildi.
Eronlik ziyoratchilarning so‘nggi to‘qqiz yil ichidagi birinchi guruhi Saudiya Arabistoniga kichik islomiy ziyoratni amalga oshirish uchun yo‘l oldi, deb xabar berdi Eron matbuoti.
«Umra ziyoratchilarining birinchi guruhi Tehrondagi Imom Humayniy aeroporti orqali Erondan Saudiya Arabistoniga uchib ketdi», deb xabar berdi IRNA davlat axborot agentligi.
O‘tgan yili Tehron va Ar-Riyoz Xitoy vositachiligida aloqalarni tiklashga va to‘qqiz yildan ko‘proq vaqt o‘tib, o‘z elchixonalarini qayta ochishga kelishib olgan edi. Munosabatlar yaxshilanishi fonida eronliklarga Umra ziyoratiga yana ruxsat berildi.
Eronliklarga o‘tgan yili Hajga qaytishga ruxsat berilgan edi, ammo umra ular uchun shu paytgacha yopiq edi.
2016 yilda Erondagi namoyishchilar Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi va Mashhaddagi konsulligiga hujum qilganidan keyin ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar uzilgan edi.
IRNA xabariga ko‘ra, joriy yilda jami 5720 nafar eronlik umra ziyoratchisi Saudiya Arabistoniga borishi rejalashtirilgan.
Musulmonlar qamariy taqvim bo‘yicha ma’lum sanalarda bo‘ladigan Islomning besh arkonidan biri bo‘lgan Hajdan farqli o‘laroq, yilning istalgan vaqtida Makkada umrani ado etishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:58 / 24.11.2024
Eron uranni boyituvchi ilg‘or sentrifugalardan foydalanishni boshlaganini e’lon qildi
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
23:14 / 19.11.2024