O‘zbekiston | 12:00 / 22.04.2024
6618
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Kapitalbank tomonidan respublika bo‘yicha 16 ming tupdan ortiq daraxt ekildi

Kapitalbank O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida respublikaning sakkizta viloyatida 16 ming 500 tup ko‘chat ekdi.

Kapitalbank xodimlari O‘zbekistonning sakkizta viloyatida: Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli ko‘chatlar ekdi. Hududlarning iqlimiy xususiyatlari va ekologik ehtiyojlaridan kelib chiqib, tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ko‘chatlar soni va daraxt turlari belgilandi.

— Biz Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. 20 yildan beri mamlakat farovonligi uchun mehnat qilib, uning kelajagiga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz – buning ichiga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston aholisi uchun moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, havo sifatini yaxshilash kabilar kiradi. Bankimiz jamoasi bilan birgalikda, Ekologiya vazirligining ko‘magida biz mamlakat ekologiyasini asrab-avaylashga hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Biz bugungi kunda bankning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rnini anglaymiz va O‘zbekiston boyligini asrab-avaylash va ko‘paytirish uchun qo‘limizdan kelganicha o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz.

2024 yil bahor mavsumi yakuniga qadar Kapitalbank yana 18,5 ming tupga yaqin daraxt ko‘chatlarini ekadi. Loyiha faqat daraxt ekish bilan cheklanib qolmaydi. Kapitalbank “ Uzum” bilan birgalikda mamlakatimizning barcha hududlaridagi 50 dan ortiq aholi punktlarida havo sifatini nazorat qiluvchi datchiklarni o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun Uzum Market’ning yetkazib berish punktlari va bank filiallari binolaridan foydalaniladi.

“Yashil Makon” umummilliy loyihasi atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha davlat siyosatining bir qismidir. Loyihadan ko‘zlangan maqsad mamlakatdagi yashil maydonlarni ko‘paytirish, shahar va qishloqlarni ko‘kalamzorlashtirishdan iborat. 2024 yil oxiriga qadar respublika bo‘ylab 1,2 million tupdan ortiq daraxt ekish rejalashtirilgan.

Reklama

Mavzuga oid