O‘zbekiston | 15:18 / 22.04.2024
25074
4 daqiqa o‘qiladi

Prokuratura va qator davlat idoralari qimmatbaho smartfonlar sotib olmoqda

Samarqand viloyati prokuraturasi 445 mln so‘mga 22 dona iPhone 14 Pro Max, Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi esa 51 mln so‘mga ikkita iPhone 15 Pro Max xarid qilgan.

O‘zbekistondagi bir nechta davlat tashkilotlari so‘nggi oylarda iPhone va Samsung kompaniyalari smartfonlarini sotib olgan. Bu haqda Telegram’dagi “Revizor” kanalida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati prokuraturasi 2023 yil 28 dekabr kuni xotirasi 1 TB, har birining narxi qariyb 20 mln so‘m bo‘lgan 21 dona iPhone 14 Pro Max telefonini xarid qilgan. Buning uchun jami 419,98 mln so‘m sarflangan. Shuningdek, yana bir iPhone 14 Pro Max 1 TB 25,3 mln so‘mga xarid qilingan.

Majburiy ijro byurosi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat prokuraturasining jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq 10,5 mlrd so‘m qarzi bor.

Gazeta.uz’ning keltirishicha, yana bir qator davlat tashkilotlari quyidagi mobil telefonlarni sotib olgan yoki sotib olish jarayonida:

  • Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi — iPhone 14 Pro Max 256 GB, 14,4 mln so‘mga (2023 yil dekabr);
  • Qashqadaryo viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi — 24,7 mln so‘mga ikkita Galaxy S23 Ultra 512 GB smartfoni (dekabr);
  • Prezident matbuot xizmati huzuridagi Media markaz — ikkita iPhone 15 Pro Max Natural Titanium 1 TB smartfoni + Apple AirPods 3 simsiz quloqchinlari 45,4 mln so‘mga (fevral), ikkita iPhone 15 Pro Max 1 TB Black Titanium 39,57 mln so‘mga (yanvar), ikkita iPhone 15 Pro Max 1 TB Black Titanium 40 mln so‘mga (yanvar), (kursivdagi oxirgi ikki lot bekor qilingan yoki bekor qilinish jarayonida);
  • O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) — 5 ta iPhone 14 Pro 128 GB Space Black 69,7 mln so‘mga (2023 yil iyun, «bajarilish» bosqichida);
  • Kinematografiya agentligi — 10 mln so‘mga bitta Galaxy S22 Ultra 256 GB (dekabr), 19,8 mln so‘mga ikkita Galaxy S22 Ultra 256 GB (dekabr) va 15,8 mln so‘mga bitta iPhone 15 Pro 256 GB Natural Titanium (dekabr) ;
  • Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi — 51 mln so‘mga ikkita iPhone 15 Pro Max 1 TB (dekabr);
  • Xorazm viloyati «Yoshlar daftari» jamg‘armasi (daftarga ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa turdagi yordamga muhtoj va bunday yordam olmoqchi bo‘lgan ishsiz yoshlar kiradi) — 16,9 mln so‘mga iPhone 15 Pro Max 256 GB va DJI Osmo Mobile 6 stabilizatori (mart);
  • Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (Surxondaryo) — 30,66 mln so‘mga ikkita iPhone 15 Pro Max 256 GB (mart);
  • Buxoro viloyati hokimligi — 18 mln so‘mga bitta iPhone 14 Pro Max (yanvar);
  • Ilmiy-texnikaviy va tibbiy hujjatlar Markaziy davlat arxivi — 17,1 mln so‘mga iPhone 15 Pro Max 256 GB Blue Titanium (yanvar);
  • Toshkent viloyatidagi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi — 17,8 mln so‘mga bitta iPhone 14 Pro (2023 yilning iyun oyi holati — «amalga oshirilmoqda»).

Mavzuga oid