Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR shartli yadroviy javob zarbasini berish bo‘yicha mashq o‘tkazdi
Mashqda «yadro kallagiga taqlid qiladigan o‘ta yirik raketa quroli snaryadlaridan» foydalanilgan bo‘lib, ular «352 km uzoqlikdagi orolda joylashgan nishonga aniq zarba bergan».
Shimoliy Koreyada shartli yadroviy javob zarbasini berish bo‘yicha birinchi taktik mashqlar o‘tkazildi. Zarba 600 millimetrli o‘ta yirik raketa qurollari yordamida simulyatsiya qilingan. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga (KMTA) tayanib Central Asia xabar berdi.
Mashqning asosiy maqsadi KXDR yadroviy kuchlarining «ishonchliligi, mukammalligi va qudratini namoyish etish» bo‘lib, bu manyovrlar «dushmanlar uchun aniq ogohlantirish signali»dir, deyiladi KMTA bayonotida.

Mashqda «yadro kallagiga taqlid qiladigan o‘ta yirik raketa quroli snaryadlaridan» foydalanilgan bo‘lib, ular «352 km uzoqlikdagi orolda joylashgan nishonga aniq zarba bergan».
Mashg‘ulotlarda ishtirok etgan KXDR yetakchisi Kim Chen In so‘zlariga ko‘ra, bu «puxta tayyorgarlik ko‘rish orqali urushda yetakchilikka erishish uchun muhim imkoniyatdir».


2023 yil dekabrida Kim Chen In AQSh rasmiylarining «misli ko‘rilmagan» qarama-qarshilik harakatlariga qarshi turish uchun «kelasi yildan urushga tayyorgarlikni tezlashtirish» kerakligini aytgan edi. U Janubiy Koreyani «eng ashaddiy dushman davlat» deb atadi va bu ta’rifni KXDR konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yishga chaqirdi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
22:39 / 20.05.2025
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi
19:20 / 10.05.2025