AQSh kiberhujumlar tufayli Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
AQSh Moliya vazirligi Erondan to‘rt nafar shaxs va ikki kompaniyani Amerika kompaniyalari va davlat idoralariga kiberhujumlar uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. AQSh Adliya vazirligi va FTB to‘rt nafar eronlikka qarshi ayblov e’lon qildi.
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Vashingtondagi Moliya vazirligining 23 aprel, seshanba kuni tarqatgan bayonotiga ko‘ra, to‘rt nafar jismoniy shaxs va ikki kompaniya Eron harbiylari nomidan «zararli kiberfaoliyat bilan shug‘ullangani» uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.
Kiberhujumlar Amerikaning o‘ndan ortiq kompaniyalari va rasmiylariga qarshi qaratilgan bo‘lib, Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) kiberqo‘mondonligi buyrug‘i bilan amalga oshirilgan, deya ta’kidlaydi AQSh Moliya vazirligi.
To‘rt eronlikka qarshi sanksiyalardan tashqari, AQSh Adliya vazirligi va Federal tergov byurosi (FTB) ularni Amerika tashkilotlariga qarshi qaratilgan zararli kiberfaoliyatda rasman aybladi, deyiladi Adliya vazirligi bayonotida.
O‘tgan hafta AQSh va Britaniya Isroilga havo hujumiga javoban Tehronga qarshi keng qamrovli yangi sanksiyalar kiritdi. Eronning dron va raketa ishlab chiqarish dasturi, Tehrondagi Mudofaa vazirligi va IIMK sanksiyaga uchradi.
Mavzuga oid
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
20:53 / 02.10.2024
«Eron katta xatoga yo‘l qo‘ydi va buning uchun to‘lov qiladi». Isroil javob qaytarish bilan tahdid qilmoqda
12:53 / 02.10.2024
Eronning Isroil bo‘ylab raketa zarbasi. Bu haqda nimalar ma’lum?
07:50 / 02.10.2024