Jahon | 18:20 / 24.04.2024
6043
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Afina osmoni to‘q sariq tusga kirdi

Barchasiga shamol Shimoliy Afrikadan olib kelgan chang sabab.

Foto: Angelos Tzortzinis / AFP / Scanpix / LETA

23 aprel kuni Gretsiya poytaxti Afinada osmon Shimoliy Afrikadan esgan shamol bilan kelgan chang tufayli to‘q sariq rangga kirdi. Rasmiylar shahar aholisiga ochiq havoda uzoq qolishdan qochishga chaqirib, bunday changda allergik reaksiyalar qo‘zg‘atuvchi yoki nafas olish yo‘li bilan bog‘liq kasalliklarni kuchaytiruvchi zararli zarrachalar mavjudligidan ogohlantirdi. 25 aprel kuni shamol yo‘nalishi o‘zgarganida chang tarqalib ketishi kutilmoqda. Afina osmoni uchun Afrikadan kelgan chang bulutlari hosil bo‘lishi — yiliga bir necha bor kuzatiladigan hodisa hisoblanadi.

Angelos Tzortzinis / AFP / Scanpix / LETA
George Vitsras / EPA / Scanpix / LETA
George Vitsras / EPA / Scanpix / LETA
Marios Lolos / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
George Vitsras / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid