Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda ilmiy daraja oldi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi, ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xisang Kim dissertatsiya yoqladi.
Xorijlik olim yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun “Xalqaro huquq” ixtisosligi bo‘yicha “Xalqaro savdoni tartibga solish tizimi istiqbolini baholash: Jahon savdo tashkiloti (JST) va mintaqaviy savdo bitimlari” mavzusidagi ishini himoya qildi.
Tadqiqotchi o‘z oldiga bir necha maqsadlarni qo‘ygan. Masalan, xalqaro huquqiy muammolar yechimini ta’minlovchi zamonaviy huquqning amaldagi me’yorlari asosida ilmiy-nazariy va amaliy taklif, tavsiyalar ishlab chiqish. Bu taklif va tavsiyalar mamlakatimizning xalqaro savdoni tartibga solish shakllariga, iqtisodiy o‘sishga va mintaqaviy integratsiyaga qanday ta’sir qilishini o‘rganishga qaratilgan.
Shuningdek, olim JST bilan va mintaqaviy savdo bitimlari ahamiyatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratgan. Zamonaviy global munosabatlarning muhim jihatlarini tadqiq etgan. Mintaqaviy savdo bitimi zamonaviy savdo boshqaruvida muhim o‘rin tutib, iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantiradi, a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdoni osonlashtirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish sohasiga munosib hissa qo‘shadigan ushbu ilmiy ish JST doirasida mintaqaviy savdo bitimlarini boshqarish tizimini takomillashtirish, xalqaro savdoni yanada samarali va adolatli tartibga solishni rag‘batlantirishga qaratilgan amaliy-siyosiy tavsiyalar taqdim etadi.
Shuningdek, savdo bitimi ishlab chiqishda jamoatchilik ishtiroki ahamiyatini ta’kidlash, biznesda savdo bitimidan o‘z manfaati yo‘lida samarali foydalanish strategiyasini ishlab chiqish yo‘llarini tadqiq etadi.
Mavzuga oid
11:10 / 10.10.2024
Fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
14:20 / 07.10.2024
Koreya O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti
10:10 / 20.09.2024
Koreya O‘zbekiston hududlarida pellet klasteri tashkil etadi
11:52 / 04.09.2024