O‘zbekiston | 15:00 / 24.04.2024
9899
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qabul boshlandi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul boshlandi va shu munosabat bilan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida abituriyent va ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahridagi litsey, kollej o‘quvchilari, shuningdek, umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida abituriyentlarga universitet kampusi bo‘ylab ekskursiyalar uyushtirilib, uning ilg‘or texnik bazasi va barcha ta’lim yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar bilan tanishtirildi.

Ochiq eshiklar kunida qabul komissiyasi a’zolari tomonidan o‘quvchilar uchun universitetda mavjud yo‘nalishlar, hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari, universitetning ilmiy yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

“Bugungi tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – kelayotgan yangi o‘quv yiliga abituriyentlarni universitetga jalb qilish. Barcha yo‘nalishlarimiz haqida ma’lumot berish uchun ko‘rgazmalar tashkil qilganmiz. Abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishmoqda. Ularga tanlagan yo‘nalishlarining asosiy xususiyatlari, kirish imtihonlari qanday o‘tkazilishi, o‘qitiladigan fanlar, kelajakda egallaydigan mutaxassisligi haqida ma’lumot beriladi.

Shu bilan birgalikda bizning universitetda o‘qish istagi paydo bo‘lgan abituriyentlar uchun ko‘chma qabul ham tashkil etganmiz. To‘g‘ridan to‘g‘ri hujjatlarni qabul qilish imkoniyatimiz bor”, dedi davolash ishi va stomatologiya yo‘nalishi rahbari Jobir Ahmedov.

O‘tkazilayotgan ochiq eshiklar kuni xorijdan kelib o‘qiyotgan talabalarning ham e’tiborini tortdi:

“Men talabalar almashinuvi dasturi asosida Amerikadan kelganman. Bugun universitetimizda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tmoqda va shu sababli bu yerda abituriyentlar juda ko‘p. Ushbu tadbir orqali har bir bo‘lajak talaba o‘zi qiziqqan yo‘nalish haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Biz universitetimizni juda yaxshi ko‘ramiz va bor mehrimizni abituriyentlar, ya’ni bo‘lajak talabalarimiz bilan bo‘lishishga tayyormiz!” deb ta’kidladi universitet talabasi Mariko Rusell. Poytaxt maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalarida oliygoh sharoitlari va imkoniyatlari katta taassurot qoldirdi. Shu kunning o‘zida yuzlab abituriyentlar hujjat topshirishdi. Ayni paytda Namangan va Samarqand filiallarida ham qabul davom etmoqda.

Universitet o‘z ichiga 5 ta ta’lim maktabini olgan bo‘lib ular, 28 ta yo‘nalishdan tashkil topgan va siz kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida:

- O‘zbek

- Ingliz

- Rus tillarida ta’lim olishingiz mumkin.

Web-page: www.kiut.uz 

Telegram: t.me/kiut_official

Facebook: facebook.com/kiut.uz

Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Mavzuga oid