Xitoy uch taykonavt bilan kosmik kemani koinotga uchirdi
2024 yilda Xitoyning kosmik sanoati 100 ga yaqin rekord miqdordagi parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Xitoy «Shenchjou-18» kosmik kemasini Tszyutsyuan markazidan «Tyangun» orbital stansiyasigacha uchirdi. Kema bortida uch nafar taykonavt bor: komandir Ye Guanfu, shuningdek, ekipaj a’zolari Li Tsun va Li Guansu. Ular stansiyada taxminan olti oy qolishi kerak.
Missiya rahbari 43 yoshli Ye Guanfu bo‘lib, u oxirgi marta 2021 yil oktyabr oyida «Tyangun»da bo‘lgan. Unga Li Tsun va Li Guansu hamrohlik qilmoqda, ular uchun bu birinchi parvoz.
Fevral oyi oxirida Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC) 2024 yilda kosmik kemalarni uchirish missiyalari soni bo‘yicha milliy rekordni yangilashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
«2024 yilda Xitoyning kosmik sanoati 100 ga yaqin parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Yangi rekord o‘rnatilishi kutilmoqda», deyiladi hisobotda.
«Shenchjou-18» ekspeditsiyasi «Tyangun» orbital stansiyasiga yettinchi missiya bo‘ladi. Xitoyning birinchi kosmik parvozi 2003 yilda, Xitoyning birinchi kosmonavti Yan Livey «Shenchjou-5» kosmik kemada uchganida amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
02:02
Kanada Mudofaa vazirligi Xitoyni Arktikada razvedka ma’lumotlarini to‘plashda aybladi
22:37 / 23.11.2024
Politico: Xitoy iqlim siyosati poygasida AQSh va YeIdan o‘zib ketdi
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
19:13 / 21.11.2024