Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi
Bularning barchasi nima uchun, degan savolga u yosh avlod 1 kub metr suv qancha bo‘lishini bilishi kerakligini aytdi.
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hokimligida ichimlik suvi tariflarini oshirish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi. Yig‘ilishga 100 ta chelak olib kelgan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jumaboy Qarag‘ayev tadbirga yorqinlik qo‘shdi, deb yozdi Tengrinews.
Tinglovlar dastlab an’anaviy formatda o‘tkazilgan. Ammo tadbir boshlanganidan bir soat o‘tib, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jumabay Karag‘ayev bir kubometr suv qancha bo‘lishini ko‘rsatishga qaror qilgan. Buning uchun unga chelaklar kerak edi. Shu tariqa amaldor yoshlarni, umuman, aholini suvni isrof qilishdan tiyilishga chaqirgan.
«Biz gazlanmagan ichimlik suvini (5 litr) hech ikkilanmay 498-500 tengega sotib olamiz. Mana bu yerda 100 ta chelak bor... Bir 1 kub.m. ichimlik suvining tarifini 398 tenge qilish haqida gapiryapmiz. Men bu «1 kub metr» qanchalik ko‘p ekanini ko‘rsatmoqchiman», dedi u.
Tajriba uchun hokim o‘rinbosari ikkita 5 litrli idishdagi suvni chelakka solib ko‘rsatmoqchi edi, ammo yig‘ilganlar undan suvni isrof qilmaslikni so‘rashdi.
Bularning barchasi nima uchun, degan savolga Qarag‘ayev yosh avlod 1 kub metr suv qancha bo‘lishini bilishi kerakligini, suvdan oqilona foydalanish qanchalik muhimligini anglab yetishi uchunligini aytdi.
Mavzuga oid
20:40 / 01.12.2024
Qozog‘iston Rossiyaga qarshi qaysi sanksiyalarga amal qilmasligi ma’lum bo‘ldi
17:48 / 29.11.2024
Qozog‘iston Milliy Banki 2022 yildan beri birinchi marta bazaviy stavkani oshirdi
17:03 / 28.11.2024
Putin Qozog‘istonga kelib, To‘qayev bilan uchrashdi – asosiy kelishuvlar haqida
16:08 / 28.11.2024